Joriy yilning 5-9 dekabr kunlari Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) “Сохранение, поддержка и поддержание русского языка за рубежом» nomli XIV xalqaro konferensiyada Tillarni o’rganish kafedrasi katta o’qituvchisi Narkulova Indira Rustam qizi ishtirok etmoqda. Ushbu konferesiyada 17 davlatdan rus tili o’qituvchilari yig’ilgan. O’zbekiston Respublikasidan 8 nafar o’qituvchi ishtirok etmoqda. Konferensiyaning asosiy maqsadlari rus tilini o'qitishni mustahkamlash, madaniy-gumanitar va ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, chet ellarda rus madaniyati an'analarini saqlab qolishdan iborat. Konferensiya rus tili va madaniyatini targ'ib qilish sohasidagi zamonaviy muammolarni muhokama qilish va tajriba almashish uchun turli mamlakatlardan o'qituvchilar, mutaxassislarni birlashtirmoqda. Ushbu konferensiyada Tillarni o’rganish kafedrasi katta o’qituvchisi Narkulova Indira Rustam qizi «ОБУЧЕНИЕ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В ВУЗАХ УЗБЕКИСТАНА: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ И ПРАКТИКИ» nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.