Universitet boshlig'i polkovnik M.X.Rustambayev boshchiligidagi ishchi guruh So'x tumanida…

Universitet boshlig'i polkovnik M.X.Rustambayev boshchiligidagi ishchi guruh So'x tumanida joylashgan qadimiy "Hush…

2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Universitet boshlig'i polkovnik M.X.Rustambayev boshchiligidagi ishchi guruh hamda tuman sektor rahbarlari So’x (anklav hudud) tumanida xususan “Qala” va qadimiy “Hushyor” MFY da bo’ldilar. Shu o’rinda qadimiy “Hushyor” haqida ma’lumot: Buyuk davlat arbobi, sarkarda, ulug‘ saltanat asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayoti, faoliyati turli tuman g‘aroyibotlarga ega. Buyuk sarkarda Amir Temur saltanatini tiklash, temuriylar taxtini egallash maqsadida 1495, 1497, 1500 yillarda Samarqand sari qo‘shin tortgan va ikki marta Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo‘lgan. Shu yillarda Bobur xazratlari Axsikatdan Samarqand sari harakatlanganda bu yo‘llarda unga va qo‘shiniga istexkom bo‘lgan qal'a va shaharlar talaygina bo‘lgan. Xususan, 1497-yilgi harbiy harakat chog‘ida hozirgi Farg‘ona viloyatining tog‘lik tumani So‘x hududidagi tuman markazi Ravon va Xo‘shyor kabi qishloqlar Bobur va uning qo‘shini qo‘nim topgan maskan bo‘lgan. Ravon va Ho‘shyorda manbalarda keltirilishicha 11 oy mobaynida qo‘shin turgan va u yerdan zahira askarlar, zahira ozuqa va qurol-yaroq to‘planib keyinchalik Samarqand sari harbiy harakat davom ettirilgan. Bu haqda to‘liqroq ma'lumot tarixchi Ali Muhammadxon Po‘lodiyning "Bobur So‘x va Hushyorda" nomli kitobida keltiriladi. Demak, Hazrat Bobur uchun shayboniylardan Temur saltanati taxtini qaytarib olishda va oz fursat bu saltanatni tiklashda So‘x va Hushyor hududi, u yerning aholisi tayanch vazifani o‘tab bergan.

Shuningdek, ishchi guruh So’x tumanida joylashgan Ichki ishlar vazirligiga qarshli sport majmuasiga ham tashrif buyurdi va u yerda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. So’x tumanining kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarida ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan manzilli takliflar ishlab chiqilmoqda.

O‘rganishlar davomida har bir “Mahalla yettiligi”ga ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish orqali mahallada xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

 

 

 

455
Chop etish
Text to speech