O‘q otish tayyorgarligini o‘rganishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni

O‘q otish tayyorgarligini o‘rganishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni

Joriy yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “O‘q otish tayyorgarligi kafedrasi” tashabbusi bilan Universitetda “O‘q otish tayyorgarligini o‘rganishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Ma’lumki har qanday jangovar operatsiyaning muvaffaqiyati shartli dushmanning jismoniy zararsizlantirish samaradorligiga bog’liq. Shu bois, Konferensiyaning asosiy maqsadi kursant va tinglovchilarning o’q otish tayyorgarligiga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, jangovar tayyorgarlik metodikasini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish hisoblandi. Ishtirokchilar tomonidan o‘zaro ochiq, yuzma-yuz muloqot jarayonida harbiy xizmatchi va xodimlarining o‘q otish tayyorgarligini o‘rganishda jismoniy zo’riqishning sabablari, salbiy oqibatlari va oldini olish yo‘llari haqida taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir so‘ngida konferensiyada bayon etilgan, ilmiy-amaliy asoslantirilgan tavsiyalar va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida to‘plam chop etilishi hamda hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

1389
Chop etish
Text to speech