O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi …

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan respublika ilmi…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan joriy yilning 20 noyabr kuni “Davlat iqtisodiy xavfsizligining zamonaviy muammolari va tendentsiyalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Tahririy nashriyot bo‘limi boshlig’i-bosh muharriri iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xasanov Rustam Rabbimovich “O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universitetining “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professori Valiyev Bobur Batirovich “Kiberxavfsizlik iqtisodiy xavfsizlikning asosiy yoʻnalishi” mavzusida chiqish qildi. Konferensiyada universitetning “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari, kursantlar ishtirok etdilar. Qizg’in savol-javoblarda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda mamlakat makroiqtisodiy barqarorligi va iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning budjet va soliq dastaklarini takomillashtirish masalalari, Yangi O‘zbekistonda investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

256
Chop etish
Text to speech