Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi F-53-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchilari ishtirokida Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 8-noyabr kuni harbiy qism va qutqaruv boʻlinmalari harbiy xizmatchi va qutqaruvchilari ishtirokida “Yangi Konstitutsiya – inson sha'ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchilari mayor I.Qodirov va kapitan K.Ikramovlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish ekanligi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilganligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlanganligi toʻgʻrisida ma'ruza qildilar. Shuningdek, magistratura tinglovchilari mayor A.Saburov va katta leytenant A.Raximovlar tomonidan harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarda kommunikativ sifatlarini hamda jamoaviy jipslikni yanada yuksaltirishga qaratilgan trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Tadbir soʻnggida Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar organlari harbiy xizmatchi va qutqaruvchilari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.