"Qahramonlar nomi barhayot” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

"Qahramonlar nomi barhayot” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevral kunidagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik kо‘rish va munosib nishonlash tо‘g‘risida”gi 65-sonli farmoni, Milliy gvardiya qо‘mondonining 2025-yil 1-mart kunidagi 15-son farmoyishi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining 2025-yil 18-yanvar kunidagi “9 may–Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramiga sifatli tayyorgarlik kо‘rish va uni yuqori saviyada о‘tkazish” rejasiga asosan, universitet muddatli harbiy xizmatchilari, kursantlar, ofitserlar hamda faxriy ofitserlarni jalb etgan holda “Qahramonlar nomi barhayot” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Ushbu tadbir dasturiga uzoq yillar davomida yurtimiz sarhadlarini himoya qilish hamda malakali kadrlarni vatanimiz ravnaqi uchun yetishtirib berishdek sharafli yо‘lni bosib о‘tgan ustoz ofitserlar О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriylar kengashi raisi о‘rinbosari zahiradagi podpolkovnik Bahodir Toshpо‘latov, Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi podpolkovnik Bahtiyor Shoyusupovlar tashrif buyurishdi. Ushbu tadbir dasturi davomida faxriy ofitserlar tomidan ikkinchi jahon urushi davri, front va front ortida qatnashgan ajdodlarimizning qahramonliklari hamda jasoratlari haqida ko‘plab ma’lumotlar yosh harbiy xizmatchilarga yetkazib o‘tildi.
Yakunda esa, yosh harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Bu kabi tadbir dasturlari yoshlarni vatanni qadrlashga, uning daxlsizligini saqlash, tinchlik eng oliy ne’mat ekanligini anglash va faxriylarni doimo hurmat bilan yodda saqlashdek ko‘plab ijobiy sifatlarni kamol topishiga xizmat qiladi.

306
Chop etish
Text to speech