O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fak…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktorantu…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.

Ofitserlik lavozimidagi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadilar:

* 21.00.00 – harbiy fanlar ixtisosliklarining barcha harbiy fanlar tarmog‘i bo‘yicha;

* 21.02.03 – “Harbiy huquq, xalqaro huquqning harbiy muammolari” ixtisosliklari bo‘yicha.

  1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranturasi (DSc) – 2 nafar.
  2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktoranturasi (PhD) – 3 nafar.

O‘qish muddati – 3 yil. 

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-may kunidagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaroriga asosan nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Doktorantura (DSc) ga nomzodlar uchun:
  • bildirgi;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektiv ma’lumotnoma);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati (3 ta ilmiy maqola, 2 ta ma’ruza tezis), shuningdek ularning nusxalari.
  1. Tayanch doktorantura (PhD) ga nomzodlar uchun:
  • bildirgi;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektiv ma’lumotnoma);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati (1 ta ilmiy maqola, 2 ta ma’ruza tezis), shuningdek ularning nusxalari.
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

**Izoh: Kirish imtihonlari 2 bosqich (1-bosqich chet tilini bilish qobiliyati, 2-bosqich ixtisoslik bo‘yicha suhbat) shakllarida amalga oshiriladi. Nomzodlarga yuqoridagi hujjatlardan tashqari dissertatsiya mavzusi va rejasi, bibliografik matnlari tayyor holda komissiyaga taqdim etish so‘raladi.

Hujjatlar joriy yilning 15-sentabr kunidan 15-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun:

+998 (98) 311-12-34;

+998 (99) 066-77-47; +998 (33) 066-77-47

 

jxu@exat.uz;             info@mgjxu.uz

879
Chop etish
Text to speech