O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi tashabbusi bilan bakalavriyat fakulteti 3-kursantlar batalyoni bilan hamkorlikda Konstitutsiyamizning 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida Konstitutsiya bilimdoni musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada “Jamoat  xavfsizligini ta’minlash” kafedrasining professor o‘qituvchilari, “Jamoat xavfsizligi mutaxassisligi” yo‘nalishida tahsil olayotgan magistratura tinglovchilari hamda “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Jamoat xavfsizligi qalqonlari” nomli kursantlarning harbiy-ilmiy to‘garagi a’zolaridan iborat, “Qo‘riqlash bo‘linmalarining qo‘mondonlik taktik faoliyati” yo‘nalishining “Yuristlar” va “Yangilanish” jamoalari, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Qonun himoyachilari”, “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyati” yo‘nalishining, “Law enforcement’s”, “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” yo‘nalishining “Svetafor” jamoalari ishtirok etishdi. Ushbu musobaqa 3 ta shartni o‘z ichiga olgan bo‘lib: 1-shart Konstitutsiya bo‘yicha tezkor savol-javob, 2-shart Konstitutsiyaga oid zakovat savollari va 3-shart Konstitutsiya moddalari asosida sahna ko‘rinishidan iborat bo‘ldi. Murosasiz o‘tgan musobaqada “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” yo‘nalishining “Qonun himoyachilari” jamoasi faxrli 3-o‘rinni, “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishining”, “Law enforcement’s” jamoasi faxrli 2-o‘rinni va “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” yo‘nalishining “Svetafor” jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlarga diplom va estalik sovg‘alar topshirildi, shuningdek tadbirning barcha ishtirokchilariga bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiya kitoblari sovg‘a qilindi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi g‘oyalar asosida fuqarolarni birlashtirish, shuningdek universitetimiz kursant va tinglovchilarining Konstitutsiyaviy bilimlarni oshirish va ularni qonunlarga rioya qilish hamda Konstitutsiyaga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.

208
Chop etish
Text to speech