Darslik “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura” fani bo’yicha o’quv dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va zamonaviy adabiyot tahlili asosida tayyorlangan. Darslikda “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura” fanining predmeti asosiy tushunchalar va tizimi; O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining tashkil etilishi; O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi; O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya organlari, Bojxona va soliq organlari; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi advokatlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari, advokatning kasbiy etikasi, advokatning umumyurisdiksiya sudlaridagi ishtiroki; shuningdek xorijiy mamlakatlarda sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyatining tashkil etilishi kabi masalalar ochib berilgan. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari va fakultetlar talabalari, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan.
O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig’i, yuridik fanlar doktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist, professor M.X.Rustambayev hamda mualliflar jamoasi.