Joriy yilning 9 yanvar kuni Milliy gvardiyaning Toshkent mintaqaviy oʼquv markazida Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori tarix fanlari doktori X.Xaqnazarov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni boʼyicha mahorat darsi tashkil etildi. Mashgʼulotda Milliy gvardiyaning Ixtisoslashtirilgan oʼquv markazi va barcha mintaqaviy oʼquv markazlari pedagog xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar. Mashgʼulot davomida Oʼzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi taʼlim toʼgʼrisidagi Qonuni normalari, taʼlim islohotlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga murojaatnomasida taʼlim masalalariga doir maʼlumotlar berildi.