2024-yilning 30-sentabr kunidan 19-oktabr kuniga qadar, О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bо‘linmalari komandirlarining malakalarini oshirish bо‘yicha navbatdagi о‘quv yig‘inlari о‘tkazildi. О‘quv jarayonida ilg‘or texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qо‘llanilishi ofitserlarning tegishli vazifalar ijrosiga shaylik darajasini sifatli belgilashga va ularning malakasini oshirish bо‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qildi. О‘quv yig‘ini yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali topshirildi.