“Qalqon” jamoatchilik guruhini tashkil etish toʼgʼrisidagi “Qoʼshma qaror” ijrosi taʼminla…

“Qalqon” jamoatchilik guruhini tashkil etish toʼgʼrisidagi “Qoʼshma qaror” ijrosi taʼminlanmoqda

Oliy taʼlim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhini tashkil etish toʼgʼrisidagi “Qoʼshma qaror” ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi “Botir Zokirov” nomidagi oʼzbek milliy estrada sanʼati instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ishtirokida “MILLIY GVАRDIYA YOShLАR NIGOHIDА” shiori ostida “Ochiq eshiklar” kuni oʼtkazildi.Talabalar kursantlar yashash joylari, taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Otliq-kavaleriya va kinologiya markaz xodimlarining chiqishlari talabalarda oʼzgacha taassurotlar qoldirdi. Universitet harbiy Orkestr jamoasi, kursantlar ishtirokida qoʼl jangi va faxriy qorovul guruhlari tomonidan koʼrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shundan soʼng oʼquvchi-yoshlar eʼtiboriga harbiy texnikalar, harbiy libos namunalari, radioaloqa vositalari koʼrgazmasi namoyish etildi.

767
Chop etish
Text to speech