Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Vatanparvarlik oyligi doirasida “Milliy armiyamiz - Yangi Oʼzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida Harbiy taʼlimni davom ettirish istagidagi Temurbeklar maktabi oʼquvchilariga davra suhbati oʼtkazildi.Tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Iqtisodiy fanlar kafedrasi boshligʼi iqtisodiyot fanlari doktori, professor podpolkovnik J.Urmonov va Milliy gvardiya Fargʼona viloyati boʼyicha boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari mayor А.Musinov bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Fargʼona Temurbeklar maktabi oʼquvchilariga "Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʼqishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori mazmun-mohiyati yetkazilib, tushunchalar berildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti oʼquv jarayoni, kursantlari hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi videorolik namoyish etildi va bukletlar tarqatildi. Tadbir yakunida qiziqish bildirgan oʼquvchilarning harbiy kasbni tanlashga oid savollariga atroflicha javob berildi.