“Diniy radikallashuvning oldini olish” hamda “Harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchili…

“Diniy radikallashuvning oldini olish” hamda “Harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni o…

Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish hamda shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari tashabbusiga ko‘ra Toshkent harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Universitet shaxsiy tarkibi bilan “Diniy radikallashuvning oldini olish” hamda “Harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida Toshkent harbiy prokurori polkovnik O‘sarov Odil Avalbayevich so‘zga chiqib, harbiy xizmatchilarga diniy radikalizmning xatari uning oqibatida sodir etilgan jinoyatlar, ularga ko‘rilgan choralar haqida so‘z yuritib, ayrim harbiy xizmatchi va fuqarolarning ayanchli taqdiri haqida misollar orqali tushuntirdi. Bundan tashqari u o‘z ma’ruzasida harbiy intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. Xususan, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarini, ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar, qonunchilikni takomillashtirishdagi yangiliklar, amalga oshirilgan islohotlar haqida ham so‘z so‘z yuritdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tashning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilayotganligini, shu bois barcha toifadagi harbiy xizmatchilar  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qolaversa o‘zi ham bu kabi salbiy xolatlar sodir etmasligi  ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

75
Chop etish
Text to speech