Joriy yilning 11 noyabr kuni Universitet boshlig‘ining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bо‘yicha о‘rinbosari I.A.Maxmudovning 2023 yil 8 noyabrdagi “Maxsus fakultet” tomonidan Universitet professor-о‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan murabbiylik guruhi talabalari bilan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida, Universitetning “Fuqaroviy-huquqiy fanlar“ kafedrasi professori M.Axmedova o‘z murabbiyligidagi 102-o‘quv guruhining bir qator talabalari bilan Universitet klubiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalarga klub faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, hozirda faoliyat yuritayotgan Universitet muzeyi va katta tadbirlar zallari bilan tanishtirilib о‘tildi.
Ayniqsa, klubdagi tarixiy yodgorliklar va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan suratlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.