Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Rossiya Federatsiyasi Krasnoda…

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Rossiya Federatsiyasi Krasnodar IIV universiteti bilan …

"Huquqni muhofaza qilish organlarining ta'lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash va oʻqitishning dolzarb masalalari" mavzusidagi davra suhbati doirasida universitetlar oʻrtasida oʻquv va ilmiy faoliyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokolning imzolanish marosimi boʻlib oʻtdi. Hujjatni universitet rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi yuridik fanlar doktori, professor polkovnik Mirzayusup Rustambayev va Rossiya Federatsiyasi Krasnodar IIV universiteti yuridik fanlar doktori, professor, politsiya general-leytenanti Simonenko imzoladilar.
Tomonlar ta'lim va fan sohasida tajriba almashish, huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat koʻrsatish uchun kadrlarni kasb tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha fikr bildirdilar.
Hujjatda qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, ilmiy ishlarni nashr etish, ilmiy, texnik va uslubiy loyihalarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Tadbir davomida xorijiy va rossiyalik ekspertlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari va xususiyatlarini muhokama qildilar. Rossiya Federatsiyasi Krasnodar IIV universiteti rahbarining birinchi oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor, politsiya general-mayori Oleg Bulgakov universitetda ta'lim faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berdi. Universitet "Jamoat xavfsizligini ta'minlash" kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor polkovnik Svetlana Selimanova Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kadrlar tayyorlash borasida yig'ilganlarga ma'lumot berdi.Universitet "Jinoyat huquqi fanlari" kafedrasi mudiri, huquq fanlari doktori, professor polkovnik Davron Mirazov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi islohotlar, erishilgan yutuqlar va istiqbollarga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini o'z taqdimotida yig'ilganlarga so'zlab berdi. Shuningdek, delegatsiya vakillari Krasbnodar IIV universiteti muzeyiga ham tashrif buyurdi va polkovnik Mirzayusup Rustambayev faxriy mehmonlar kitobiga o'z tilaklarini yozib qoldirdi.

585
Chop etish
Text to speech