OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA TILLAR BO’YICHA RESPUBLIKA OLIMPIADASI O‘TKAZILD…

OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA TILLAR BO’YICHA RESPUBLIKA OLIMPIADASI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida “Tillarni o‘rganish” kafedrasi tomonidan oliy harbiy va turdosh oliy ta’lim muassasalari kursant, talaba va tinglovchilari o‘rtasida rus va ingliz tillari bo‘yicha fan olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoalari ishtirok etdi. Rus tili fani bo‘yicha Olimpiada yakunlariga ko‘ra, “Poliglot” nominatsiyasida Jamoat xavfsizligi universitetining “Gvardiya vatanparvarlari” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ingliz tili fani bo‘yicha Olimpiada yakunlariga ko‘ra esa, Jamoat xavfsizligi universitetining «Invincibles» jamoasi “Eng yaxshi ijodiy ish” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. G‘olib jamoalarga Universitet boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Zulfiqorov Sherzod Xurramovich tomonidan faxriy yorliqlar hamda ekskluziv kitoblardan iborat esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

 

 

590
Chop etish
Text to speech