Ta’lim xavfsizligini ta’minlash davlat taqdirini belgilaydi

Ta’lim xavfsizligini ta’minlash davlat taqdirini belgilaydi

Butun jahonda yuzaga kelayotgan murakkab harbiy-siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatlar, yurt kelajagini xal etuvchi yoshlarni chuqur bilimli, intelektual salohiyatli, har qanday muammolarni hal etishda eng to‘g‘ri va xavfsiz yo‘lni tanlay oladigan, adolatli qaror qabul qiladigan vatanparvar, xalqparvar, fidoiy farzandlarni tarbiyalash, bilim berish uchun ta’lim sohasida yangicha yondashuvni talab etmoqda. Darhaqiqat bu borada maktablarda o‘quvchilarning ahloqiy-ruhiy holatini chuqur o‘rganish va har tomonlama qo‘llab quvvatlash shuningdek ularda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlash tizimi katta ahamiyatga ega masaladir. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unviversiteti “Jamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi” kafedrasi tomonidan 2025-yil 27-fevral kuni “Yangi O‘zbekistonda xavfsiz ta’lim konsepsiyasini amalga oshirish: milliy va xorijiy tajriba” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Konferensiyada ma’ruzachilar “Maktablarda o‘quvchilarni ahloqiy-ruhiy qo‘llab quvvatlash va ularda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish”, “Xavfsiz ta’limni tashkil etishda maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar”, “Harbiy sohada axborot xavfsizligi psixologiyasini ta’minlash masalalari”, “Pedagog kadrlarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Umumta’lim maktablari xavfsizligini ta’minlash: muammo va yechimlari” mavzularida nutq so‘zladilar va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning tayanchi bo‘lgan ta’lim sohasida xavfsizlikni ta’minlash, ta’lim muassasalari (maktablarda) xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashish, sohaga oid muammo va yechimlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 

 

 

 

373
Chop etish
Text to speech