Xizmat davridagi psixologik muammolar ilmiy yechim topmoqda

Xizmat davridagi psixologik muammolar ilmiy yechim topmoqda

Butun jahonda aholi tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida ortib borayotgan tahdidlar harbiy xizmatchi va xodimlarning psixologik tayyorgarligi, xususan, psixologik o‘zini-o‘zi boshqarish sohasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unviversiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan 2025-yil 21-fevral kuni Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchilarning psixologik o‘zini-o‘zi boshqarish muammolari: nazariya va amaliyot mavzusida xalqaro tajriba asosidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari, bakalavriat va maxsus fakultet, magistratura kursant-tinglovchilari, inspektor-psixologlar hamda mustaqil izlanuvchilar qatnashishdi. Ilmiy-amaliy konferensiyada Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori, ps.f.d (Dsc), dotsent R.X.Dushanov, Qozog‘iston Respublikasi Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Milliy gvardiya fakulteti boshlig‘i polkovnik S.K.Imirov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi “Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyat” kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori (Dsc), professor, mayor N.T.Turg‘unova, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi o‘qituvchisi M.R.Qiyomxo‘jayevalar ma’ruza qildilar. Ma’ruzachilar “Harbiy xizmatchilarning o‘zini-o‘zi boshqaruvida hissiy-irodaviy barqarorlikni shakllantirish yo‘llari”, “Harbiy xizmatchilarning o‘z-o‘zini boshqarishda muloqot muammolari”, “Harbiy xizmatchilarda psixik o‘zini-o‘zi boshqarishning gender xususiyatlari”, “Huquq psixologiyasi va huquqiy tarbiya – kursantlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish asosi sifatida” mavzularida nutq so‘zlashdi hamda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Ilmiy-amaliy konferensiyada ilgari surilgan harbiy xizmatchilarning psixologik o‘zini-o‘zi boshqarish muammolari yechimlariga oid nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar anjumanning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada boyitdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

38
Chop etish
Text to speech