O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi tashabbusi bilan 2024 yil 28 may kuni “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yangi oilalarga moslashuvida zamonaviy tendensiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi sifatida yetim va ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning farovonligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor mayor Zulfiqorov Sherzod Xurramovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi offlayn tarzida o‘tkazilgan plenar majlisida xususan mahalliy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlardan: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, Ijtimoiy himoya agentligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya ishtrokchilariga Konferensiya mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan savolnomalar tarqatildi. Respublika ilmiy-amaliy anjumanda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash eng dolzab masalalari ekanligi muhokama qilindi. Tadbir so‘nggida konferensiyada ishtirokchilari tomonidan muhokama etilgan masalalar hamda berilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan rezolyusiya qabul qilinib, kelgusidagi hamkorlik ishlari kelishib olindi.