Mahorat darsi oʼtkazildi

Mahorat darsi oʼtkazildi

Joriy yilning 20 oktyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat faoliyatini tarbyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi tashabbusi bilan boshqa oliy taʼlim muassalari bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida, Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti, PhD I.I.Raximova tomonidan kafedra professor-oʼqituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini “Xizmat faoliyatini tarbyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi boshligʼi, podpolkovnik Z.Sh.Аlimardonov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Mahorat darsida kafedraning barcha professor-oʼqituvchilari bilan birgalikda magistratura tinglovchilari ham ishtirok etdi.
Tadbirda Scopus va boshqa xalqaro bazalarda indeksatsiya qilinadigan, salohiyati yuqori boʼlgan Q1, Q2, Q3, Q4 kvartilli ilmiy jurnallarni tanlash, bazalar bilan ishlash, “Yirtqich” va “Klon” jurnallarni aniqlash va boshqa qator masalalar doirasida fikr almashinildi.
Professor-oʼqituvchilar va magistr tinglovchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachi tomonidan javob oldilar. Mahorat darsi kafedra uchun foydali boʼldi.
Mahorat darsi yakunida maʼruzachiga Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining tashakkurnomasi va esdalik sovgʼasi topshirildi.

597
Chop etish
Text to speech