Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 25 - fevral kuni Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Fidjital sport Federatsiyasi va Kibersport Assotsiatsiyasi hamkorligida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Oliy harbiy ta’lim muassasalari o`rtasida fidjital-sport musobaqasiga start berilgan edi. Qizg`in bahslar ostida kechgan bellashuvlar 27-fevral kuni o`z yakuniga yetdi. O‘zbekiston Fidjital sport Federatsiyasi va Kibersport Assotsiatsiyasining Jamoat xavfsizligi universitetida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari o`rtasida fidjital-sport musobaqasi bu yil ilk bor o`tkazildi. Jismoniy va kibersport sohalarini o‘zida mujassam etgan sportning bu yangi turi bellashuvlaridan ko`zlangan maqsad avvalo Qurolli Kuchlar Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida fidjital-sport turlarini ommalashtirish, shuningdek, kursant va talabalar uyushmalarini qо‘llab-quvvatlash bo`ldi. Ushbu musobaqalarda jamoalar fidjital-sportning futbol, basketbol, taktik otish hamda dronraysing turlari bo‘yicha o‘zaro baxs olib bordilar. Murosasiz kechgan uchrashuvlarda futbol turi bo‘yicha birinchi o`rinni FVV akademiyasi jamosi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ikkinchi o`rin sohibi bo`ldi. Uchinchi o‘rinni esa Bojxona instituti jamoasi qo’lga kiritdi. Basketbol sport turi bo’yicha Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi 1-o`rin, IIV akademiyasi 2-o`rin va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi 3-o`rin sohibi boldi. Taktik otish turi bo‘yicha ham birinchi o`rin Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga, ikkinchi o‘rin QK akademiyasiga va uchinchi o‘rin FVV akademiyasi jamoasiga berildi. Dronraysing musobaqasida esa birinchi o`rinni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi, ikkinchi o‘rinni Jamoat xavfsizligi universiteti va uchinchi o‘rinni QK akademiyasi jamoalari qo‘lga kiritdilar. Musobaqalar yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida Jamoat xavfsizligi universiteti shohsupaning eng yuqorisiga ko`tarildi. Ikkinchi pog`onani Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti egalladi. Faxrli 3-pog`onaga esa FVV akademiyasi jamoasi ko`tarildi.