1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalar bu dunyo, hayot, millat davomchilari hisoblanadilar. Ular o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish bilan birga, ularning yangi marralar sari ildam qadam qo‘yishlarini ta’minlaydi. Shu boisdan ko‘zlaridan quvonch taralib turgan bolajon samoda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir. Ma’lumki, 1950 yildan yozning ilk kuni bo‘lgan 1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlab kelinadi. Sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bolajonlar uchun turli konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 100-sonli maktab-internatida tashkil etildi. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida 1 vа 4-kursantlar batalyoni “Alvon beretlar” badiiy jamoasi, jangovar ko‘rgazmali va qurol bilan safona chiqish jamoalari, Magistratura tinglovchilari, Orkestr jamoasi hamda maktab-internat o‘quvchi va pedagog xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab maktab-internat o‘quvchilari va pedagog xodimlari uchun bayram dasturxoni yozilib, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi jamoasi tomonidan tayyorlangan osh tortiq etildi. Maktab-internat o‘quvchi va pedagog xodimlari tashkil etilgan tadbirning badiiy qismi orkestr saodlari ostida boshlanib, kursantlar tomonidan tayyorlangan jangovar-ko‘rgazmali, qurol bilan safona chiqishlar va “Alvon beretlar” badiiy jamoasining qo‘shiqlari bilan davom ettirildi. Bayram tadbiri yakunida faol qatnashgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. O‘tkazilgan bayram tadbiri o‘quvchi-yoshlarga bayramona kayfiyat bag‘ishlash bilan birga, ularda qat’iy hayotiy pozitsiya, ertangi kunga bo‘lgan ishonch va maqsad sari intilish kabi muhim sifatlarni kuchaytirishga xizmat qildi.    

1360
Chop etish
Text to speech