Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizm…

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy…

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) N.I.Xalilova tomonidan Toshkent shahar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan “Onlayn qimor o‘yinlariga tobelik: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
????Tadbir doirasida hozirgi kunda harbiy xizmatchilar o‘rtasida onlayn qimor va tavakkaalchilikka asoslangan o‘yinlarga kirish xavfi ortib borayotganligi, uning salbiy oqibatlari va profilaktik chora-tadbirlari bo‘yicha  fikr-mulohazalar ilgari surildi. Shuning bilan birga harbiy xizmatchilar bilan o‘zlarida ishonch hissini ortirishga hamda o‘zini o‘zi adekvat baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida psixologik treninglar tashkil qilindi.

330
Chop etish
Text to speech