Jahon iqtisodiyotiga integrallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalar…

Jahon iqtisodiyotiga integrallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari: xalqaro tajriba, nazar…

Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan “Jahon iqtisodiyotiga integrallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari: xalqaro tajriba, nazariya va amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi sifatida Jahon iqtisodiyotiga integrallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi va tamoyillari, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni  ishlab chiqishdan iborat.

Mazkur konferensiyada 25 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasining OTMlari va 15 ga yaqin xorijiy mamlakatlarning (harbiy) Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar va amaliyotchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba va kursantlari shtirok etdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning onlayn o‘tkazilgan plenar majlisida  xorijiy mamlakatlardan Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respulikasi, Belarus Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining   oliy (harbiy) ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Xususan, Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi, Rossiya Federetsiyasi Ichki ishlar vazirligi Krasnodar universiteti, Rossiya Federetsiyasi Ichki ishlar vazirligi Ufa yuridik universiteti, Rossiya Federetsiyasi Milliy tadqiqiotlar universiteti Iqtisodiyot Oliy maktabi, Rossiya Federetsiyasi G.V.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiiya Federasiyasi Dog‘iston davlat xalq xo‘jaligi universiteti, Rossiiya Federasiyasi Dog‘iston davlat texnika universiteti, Rossiya Federasiyasi Perm davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Milliy universiteti va Qirg‘iziston Respublikasi M.Riskulbekova nomidagi Davlat iqtisodiyot universitetidan ilmiy maqola va tezislar kelib tushdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Jahon iqtisodiyotiga integrallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning  nazariy va metodologik muammolari, Davlat iqtisodiy xavfsizligining zamonaviy muammolari va tendentsiyalari,  Yashil iqtisodiyot va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlari, Yashirin iqtisodiyot va jinoiy faoliyat orqali daromad olishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Koneferensiya yakuni bo‘yicha kelib tushgan maqolalar bo‘yicha to‘plam chop etildi.

Anjuman mavzulari bo‘yicha munozaralarda tadbir ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar va kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.

Konferentsiya mavzusi yuzasidan olimlar bir qator etakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Konferensiya o‘zaro bahs-muzokaralarga boy tarzda o‘tdi.

Konferensiya yakunida ishitrokchilar rahbariyat nomidan sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

32
Chop etish
Text to speech