AXBOROT XATI  

AXBOROT XATI  

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son farmoni va 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonlari, 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 8-sentyabrdagi PQ-371-son “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari  ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Oliy harbiy ta’lim muassasalari va harbiy qismlarda psixologik xizmatni tashkil etishga zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyotmavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi
2024-yilning 30-oktabr sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiya jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:

  1. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larga psixologik xizmatni tashkillashga doir zamonaviy yondashuvlar;
  2. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda harbiy xizmatchi (xodim)larni psixologik xizmat ko‘rsatish uslublari;
  3. Harbiy xizmatchi (xodim)larga psixologik xizmat ko‘rsatishga doir zamonaviy yondashuv: nazariya va amaliyot;
  4. Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda psixologik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari: xalqaro va milliy tajriba misolida.
  5. Harbiy va fuqarolik sohalarida psixologik xizmatni tashkillashga doir zamonaviy yondashuvlar.

Konferensiya ishida professor-o‘qituvchilar harbiy xizmatchilar, amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talaba va kursantlar qatnashishlari mumkin.

Konferensiya uchun tezis va maqolalar 2024-yilning 25-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar:

Ilmiy maqola mavzusi (Title). Tezis mavzusi ilmiy asoslangan va shakllantirilgan bo‘lib, tezis tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim.

Ilmiy maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information). Ushbu qatorda muallif(lar)ning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ilmiy darajasi, lavozimi, ish joyi va muloqot telefonlari ko‘rsatiladi.

Tezis mazmunida tadqiqot muammosi, dolzarbligi, erishilgan natijalari va xulosa aks etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1], [2] ketma-ketligida quyidagi shaklda keltiriladi:

  • mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili, nashriyot nomi, yili, betlari;
  • mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari.

Tezis matni. Matn «Times New Roman» shriftida, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Tezisning maksimal hajmi 5 bet minimal hajmi 3 bet bo‘lishi lozim.

Tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflarga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’ul. Talabga javob bermaydigan materiallar konferensiya to‘plamiga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek va rus tillarida.

Ilmiy-amaliy konferentsiyada maqola bilan ishtirok etish bepul. Konferensiya materiallar to‘plami elektron shaklda taqdim etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.

Konferensiya o‘tkazish uchun mas’ul: Xizmat faoliyatining tarbiyaviy-psixologik ta’minlash kafedrasi.

Ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilish sanasi:

2024 yil 30 oktabr, soat 15.00 (aloqa tekshiruvi soat 14:00da)

Zoom konferensiyasiga ulanish uchun:

https://us02web.zoom.us/j/3127472616?pwd=HLCvTh83yNEgFsXzXpwZ4YJIL0XMLA.1&omn=82477098713

Konferensiya identifikatori: 312 747 2616

Kirish uchun: 2024

Murojaat uchun: Xaydarov Islomjon Maxmutali o‘g‘li telefon raqami +99899 300-75-09 (telegram).

737
Chop etish
Text to speech