Axborot xati

Axborot xati

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-2030-yillarda о‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida hamda “Davlat tili tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan 2024-yil 18-oktabr kuni soat 14.30 da “Til – millat kо‘zgusi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida о‘zbek tilining ona tili hamda davlat tili sifatida о‘qitilishi sifatini oshirish, olimlar, professor-о‘qituvchilar, jamoatchilik diqqatini soha muammolariga qaratish, о‘zbek tilining yoshlarni vatanparvar, faol qilib tarbiyalashdagi rolini oshirish, о‘zbek tilini ommalashtirish masalalarini muhokama qilish. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida о‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi о‘rni, о‘zbek tilining boshqa tillar bilan munosabati, о‘zbek tilining yoshlarning shaxsiy sifatlari va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi roli, nutq madaniyati, о‘zbek tilida ish yuritish, о‘zbek tilining nufuzini oshirish kabi masalalarga oid mavzularda maqola va tezislar chop etilishi nazarda tutilgan.

Konferensiyaning ishchi tillari – о‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy maqola va tezislari 2024-yil 15-oktabr soat 20:00 ga qadar tо‘plam uchun mas’ullarning telegramm manziliga elektron shaklda BEPUL qabul qilinadi. Belgilangan talablarga javob beradigan maqola va tezislar konferensiya tо‘plamiga kiritiladi hamda ishtirokilarga elektron shaklda taqdim etiladi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida soha mutaxassislari, olimlar, amaliyotchilar, oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar, kursantlar ma’ruza bilan qatnashishlari, maqola va tezislarini topshirishlari mumkin.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga taqdim etiladigan maqola va tezislarga qо‘yiladigan talablar:

  • Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga maqola va tezislar о‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
  • Maqola va tezislar konferensiya yо‘nalishiga oid dolzarb mavzuda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi;
  • О‘zbek tilida yozilgan maqolalar lotin alifbosida bо‘lishi;
  • Maqola va tezislar matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bо‘lishi;
  • Maqola va tezislar matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda bо‘lishi;
  • Manba va adabiyotlarga ishora (ssilkalar) asosiy matn ichida [1] kо‘rinishida bо‘lishi;
  • Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 7 betgacha bо‘lishi;
  • Bitta maqola yoki tezisning mualliflari soni 2 tadan oshmasligi;
  • Maqola va tezislarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi ismi va sharifi, muallifning ish joyi va lavozimi, uchinchi qatorda elektron pochtasi va telyefon raqami, kо‘rsatilishi lozim.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladigan joy hamda tashkiliy qо‘mita manzili: 100109, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qо‘rg‘oni. О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi.

Tо‘plam uchun mas’ullar: Shirinova Nilufar Djabbarovna (+998971398781), Darvishova Gulchehra Kenjabayevna(+998905389075).

807
Chop etish
Text to speech