Universitetda “Milliy gvardiya – yoshlar nigohida” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” ta…

Universitetda “Milliy gvardiya – yoshlar nigohida” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi

О‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori ijrosi hamda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida joriy yilning 1-noyabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari, Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari va yoshlar uchun Universitetda “Milliy gvardiya – yoshlar nigohida” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi. O‘quvchi-yoshlar Universitet harbiy Orkestr jamoasi sadolari ostida kutib olindi, ularga Universitet “Vatanpartlik markazi” va muzeyi, Universitet tarixi va bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng kursantlar ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi va qurol bilan kо‘rgazmali saf guruhlarining chiqishlari o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, о‘quvchi-yoshlar e’tiboriga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiy libos namunalari, radioaloqa vositalari kо‘rgazmasi namoyish etilib, Universitet hududi bо‘ylab sayohat tashkillashtirildi.

357
Chop etish
Text to speech