Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2024 yil 22 maydagi tegishli topshirigʻi asosida 2024 yil 21 iyun kuni Farg'ona viloyatida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening oʻtkazildi.
Sayyor seminar treningda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari, professorlar J.Oʻrmonov, D.Mamatkulov, dotsent A.Achilov, Sh.Yuldashevlar, ijtimoiy profilaktika tushunchasi, mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari boʻyicha, shunindek, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar, yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida ma'lumot berildi. Sayyor uchrashuvda yigʻilish qatnashchilariga, inson huquqlari tushunchasi, mazmuni va ularni qoʻllashning xalqaro standartlari, Inson huquqlari toʻgʻrisidagi asosiy xalqaro hujjatlari va milliy qonunchilikning tavsifi boʻyicha ham tegishli tushunchalar berildi.
Seminar trening yakunida Farg'ona shahridagi namunaviy “Shodiyona” MFYda Mahalla yettiligi tomonidan Ijtimoiy profilaktikani tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan master-klass mashgʻuloti oʻtkazildi.