Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy Tadqiqot Universiteti tomonidan "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida "Ilm-fan hamda ma'naviy-ma'rifiy sohani yuksaltirishda xotin-qizlarning o'rni: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
2022 – 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston yosh olimalarining ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi”, Ilm-fanda gender tenglikni ta’minlash” hamda “Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish”, “Fan va innovatsiyalar taraqqiyotida olima ayollar ilmiy salohiyatidan foydalanish”, shu bilan birga ta'lim muassasalarida xotin–qizlar ma’naviy –ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning o‘rni va rolini ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berishda mahalla va oila ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, Globallashuv sharoitida jahon hamjamiyatida xotin - qizlar ma’naviy - ma’rifiy faolligini takomillashtirish muammolarini aniqlash kabi masalalar yetakchi olimlar hamda yosh tadqiqotchilar, talabalar tomonidan muhokama qilindi.
Anjumanning maqsadi: O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ko‘lamni kengaytirish hamda ularni ilm-fan, madaniyat-ma’rifat, siyosiy-iqtisodiy ishlardagi nufuzini yanada oshirish maqsadida muhokamalar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish.
ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI
- Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida olima ayollarning ishtiroki.
- Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni: Gender tenglik.
- Xotin - qizlar ma’naviy-ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning roli.
- Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, podpolkovnik Akramova Shaxnoza Abrorovna ham o‘zining “Qurolli kuchlar tizimini rivojlantirishda harbiy xizmatchi ayollarning qo‘shayotgan hissalari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani yakunida faxriy mehmonlarga esdalik sovg'alari hamda sertifikatlari topshirildi.