Joriy yilning 23-dekabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni oʼrganish” kafedrasi dotsenti H.Baymanov tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 159-maktab va Yangi Hayot tumanidagi 32-maktab yuqori sinf oʼquvchilari bilan “Men Vatanim-Qalqoniman” mavzusida kasb tanlash yuzasidan targʼibot tadbiri oʼtkazildi. Tadbir davomida oʼquvchilarga universitetimiz faoliyati, ta'lim yoʼnalishlari va oʼqishga qabul qilish tartibi boʼyicha viderolik namoyish etildi, bukletlar tarqatildi. Maktab va litsey oʼquvchilariga harbiy kasbni tanlash borasida ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va kerakli tavsiyalar berildi.