Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosarining 2023 yil 22 sentabrdagi 60 sonli farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 4 oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy–vatanparvarlik, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi hamkorligida “Harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini takomillashtirish: nazariya va amaliyot” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad: Harbiy xizmatchlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hamda mavjud kamchiliklar, muammolar va ularning yechimiga oid taklif-mulohazalarni mutaxassislar ishtirokida batafsil muhokama qilish orqali xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), polkovnik Mamayusupov Sarvar Dehkanovich o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Alimov Zafarjon Qodirjonovich. Mavzu: Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch; O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va aloqa harbiy inistituti Gumanitar fanlar sikli boshlig‘i podpolkovnik Sayidjanov Farxod Madraximovich. Mavzu: Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Temurbeklar maktabi katta o‘qituvchisi Shakirova Nafisa Abrorovna. Mavzu: “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida o‘qitishdagi dolzarb muammolar;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, Harbiy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchisi mayor Boltaev Faxriddin Azamatovich. Mavzu: Harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi “Milliy iftihor va harbiy vatanparvarlik” kafedrasi siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Mamatqobilov Tursunmurod Doniyorovich. Mavzu: Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ijtimoiy va siyosiy omillari;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedra boshlig‘i, podpolkovnik Urozboev Ne’mat Komilovich. Mavzu: Alisher Navoiy ijodida vatan va vatanga fidoyilik tuyg‘ularini ifodalanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi fahriylar kengashi raisi zahiradagi polkovnik Azimov Oybek Damirovich. Mavzu: Shaxs va jamiyat: manfaatlar uyg‘unligi;
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik Tursunov Burxon Saydaxmatovich. Mavzu: Sharq mutafakkirlari ishlarida harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash talqini” kabi ma’ruzalari bilan ishtrok etishdi.
Koneferensiya yakuni bo‘yicha kelib tushgan maqolalar bo‘yicha to‘plam chop etildi. Anjuman mavzulari bo‘yicha munozaralarda tadbir ishtirokchilari - professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, universitet magistraturasi tinglovchilari hamda Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda batal’on komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.
Konferensiya mavzusi yuzasidan olimlar va bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferentsiya o‘zaro bahs-muzokaralarga boy tarzda o‘tdi. Konferensiya yakunida ishitrokchilar rahbariyat nomidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.