“Harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish: mua…

“Harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusi…

Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari о‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, huquqbuzarliklarning, xususan, jinoyatlarning alohida turlari bо‘yicha ularning oldini olish va erta jilovlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish xususida ilm-fanni rivojlantirish imkoniyatlari kabi masalalarga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada ma’ruzachi sifatida harbiy sud, harbiy prokuratura xodimlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar, huquqni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritgan amaliyotchi xodimlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Zero, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlashda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Ularning faoliyati yuqori xavf-xatarlar bilan bog‘liq bо‘lib, ular tez-tez murakkab qarorlar qabul qilishni talab qiladigan vaziyatlarda bо‘lishadi. Biroq, amaliyot shuni kо‘rsatadiki, aynan shu sohalarda ba’zan qonun buzilishlari sodir bо‘lib, davlat organlarining obrо‘si va ishonchiga putur yetkazadi. Hokimiyat vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar butun jamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi, fuqarolarning noroziligi va ishonchi yо‘qolishiga sabab bо‘lishi mumkin.

Konferensiyada harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida yuksak ma’naviy-axloqiy meyorlarni shakllantirish, ta’lim va tarbiya, shuningdek, kasbiy tayyorgarlik nafaqat qonun haqidagi bilimlarni, balki jamiyatga xizmat qiluvchilarning zimmasidagi mas’uliyatni tushunish, har bir harbiy xizmatchi va huquq-tartibot idoralari xodimi odil sudlov tizimidagi о‘z о‘rni va qonunga rioya etishning ahamiyatini chuqur anglab yetishiga alohida ahamiyat qartildi.

Shuningdek, konferensiya doirasida huquqni muhofaza qilish organlari va harbiy tuzilmalar orasida jinoyatchilikning oldini olish bо‘yicha samarali dasturlar joriy etilgan boshqa mamlakatlarning muvaffaqiyatli amaliyotlari va misollarini kо‘rib chiqildi. Harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizm va strategiyalarni ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

17
Chop etish
Text to speech