Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga sa…

Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʼz xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan. Jamoat xavfsizligi universitetida tashkil etilgan saylov uchaskasida ham Universitet kursantlari hamda muddatli harbiy xizmatchilari ovoz berishda faol ishtirok etdi. Ovoz berish jarayonlari davlat madhiyasi bilan boshlandi. Mamlakatimizda bu yilgi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, ochiq va shaffof tarzda oʼtmoqda. Harbiy xizmatchilar ham amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh boʼlgan holda saylovlarda faol ishtirok etishdi.

408
Chop etish
Text to speech