Iqtisodiyotda sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb muammolari

Iqtisodiyotda sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb muammolari

2025 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan “Iqtisodiyotda sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi. Konferentsiyaning asosiy maqsadi sifatida iqtisodiyotda sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb muammolari, sun’iy intellektni rivojlantirish mexanizmi va tamoyillari, sun’iy intellektni qo’llashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni  ishlab chiqishga bag’ishlangan. Mazkur konferentsiyada Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” va MAAB akademiyasidan taklif etilgan mutaxassis-ekspertlar, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari, olimlar va amaliyotchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talaba va kursantlari ishtirok etdilar. Ushbu konferentsiyani Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig’i o’rinbosari Sh.Zulfiqorov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirni kafedra professori B.B.Valiyev olib bordi. “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasi direktor o‘rinbosari Z.Z. Shadmanov, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasi bo‘lim boshlig‘I  A.T. Niyazmuradov, MAAB akademiyasi rahbari Sh.Ibragimov va o‘quv bo‘limi boshlig‘i Ch.Q.Mamedov, universitet talabasi A.D.Davronov o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferentsiyada iqtisodiyot sohalarida sun’iy intellektdan foydalanish muammolari, sun’iy intellektni rivojlantirishda inson kapitalining roli va uning mehnat munosabatlariga ta’siri, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda sun’iy intellektdan foydalanish yo‘llari, sun’iy intellekt yordamida davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi yo’nalishlarida muhokamalar o’tkazildi. Belgilangan mavzular bo‘yicha munozaralarda tadbir ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar va kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni oldilar. Konferentsiya mavzusi yuzasidan olimlar va bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar berildi. Konferentsiya o‘zaro bahs-muzokaralarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir yakuni bo‘yicha kelib tushgan maqolalar bo‘yicha to‘plam chop etildi. Konferentsiya yakunida ishitrokchilar rahbariyat nomidan sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

136
Chop etish
Text to speech