Jamoat xavfsizligi universiteti va “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ham…

Jamoat xavfsizligi universiteti va “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ch…

Mamlakatimizda izchil taraqqiyot va rivojlanishning muhim mezonlaridan biri bo‘lgan oila hamda gender masalalariga davlat siyosatining ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Bu borada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, oilalarda mavjud muammolarni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish, ularning yechimini topish yo‘nalishlarida salmoqli faoliyat olib borayotgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot institutini alohida e’tirof etish joiz. Ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida Institutda pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, falsafa fanlari tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengashlar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. 2025-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” bakalavr yo‘nalishi, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura tinglovchilari, Universitet harbiy xizmatchilari turmush o‘rtoqlari ishtirok etishdi.    Mazkur memorandum bundan besh yil avval imzolangan bo‘lib, uning doirasida Institut tomonidan Jamoat xavfsizligi universiteti (Harbiy-texnik instituti)ga oila, gender, kiberzo‘ravonlik masalalariga bag‘ishlangan 400dan ortiq adabiyotlar keltirildi. Oila mavzusiga oid ikkita qisqa muddatli ilmiy-amaliy loyiha bajarildi, Universitet Axborot-resurslar markazida “Oila burchagi” tashkil etildi. Hamkorlikda qator ilmiy-tadqiqot ishlari himoyalari tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar oilalarida uchraydigan muammolarning o‘ziga xos xususiyatlari, nizoli holatlar va ajrashishlarning oldini olish ishlarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish hamda ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish borasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tadbirda «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Universitet harbiy xizmatchilari oila a’zolari va Axborot-resurslar markazi uchun 18 nomdagi 210 dona adabiyotlar beg‘araz asosda taqdim etildi. Jamoat xavfsizligi universiteti va «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum nafaqat ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, balki oila institutini mustahkamlash, xususan harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash, yosh harbiy xizmatchilarni oila qurishga tayyorlash yo‘nalishlaridagi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

112
Chop etish
Text to speech