Milliy gvardiya va saylov komissiyalari o‘rtasida hamkorlik

Milliy gvardiya va saylov komissiyalari o‘rtasida hamkorlik

Avval maʼlum qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari yu.f.d., professor O.K.Turgʻunov rahbarligidagi bir guruh respublika trenerlar guruhi Fargʻona viloyatida hududiy trenerlar, 19 ta tuman (shahar), okrug saylov komissiyalari raisi, rais oʻrinbosari va kotiblari uchun oʻquv-amaliyot mashgʻulotlari oʻtkazib kelmoqda. Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlikka muvofiq 2024-yil 23-avgust kuni Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan “Saylov komissiyalarining Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorligi” mavzusida oʻquv-amaliyot mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv-amaliyot mashgʻulotida Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi boshligʻining oʻrinbosari, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent Gʻ.Z.Ikmatullayev maʼruza bilan ishtirok etib, 2024-yil 27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi mazmun-mohiyati hamda uning oʻziga xos xususiyalari toʻgʻrisida maʼumotlar berib oʻtdi. 

Oʻquv-amaliyot mashgʻulotida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:

– proporsional saylov tizimi tushunchasi va uning oʻziga xos xususiyatlari;

– majoritar saylov tizimi tushunchasi va uning oʻziga xos xususiyatlari;

– saylov komissiyalarining Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorligi;

– Milliy gvardiya xodimlarining jamoat tartibini saqlash borasida uchastka saylov komissiyalari bilan hamkorligi.

Oʻquv-amaliyot mashgʻulotida saylovda ovoz berish tartibi, saylov komissiyalarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorligini amalga oshirish yuzasidan qoʻshicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

851
Chop etish
Text to speech