O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-352-sonli qarori ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy harbiy kadrlarni o'qitish va malakasini oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Bugun, joriy yilning 30-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi ofitseri katta leytenant Cihat Barishkan Universitetning Tillarni o'rganish kafedrasi va Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tomonidan tashkil etilgan 1,5 oylik rus tilini o’rganish bo’yicha individual kursini tamomladi. O'qish davrida ochiq darslar va mahorat darslari o'tkazildi, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy markazlariga ekskursiyalar tashkil etildi. Kurs oxirida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida imtihon topshirib, rus tili bo’yicha xalqaro sertifikatga ega bo’ldi (TRKI). Shuningdek, Universitet rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi va keyingi hamkorlik hamda tinglovchilar almashinuvi bo'yicha takliflar berildi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 2025-yilda Jamoat xavfsizligi universitetida Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasining bir guruh ofitserlarini rus tili kurslarida o'qitish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.