Jamoat xavfsizligi universiteti “O‘q otish tayyorgarligi” kafedrasi tashabbusi bilan “O‘q …

Jamoat xavfsizligi universiteti “O‘q otish tayyorgarligi” kafedrasi tashabbusi bilan “O‘q otish tayyorgarligi fanin…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shunigdek zamonaviy sharoitda kuch tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “O‘q otish tayyorgarligi” kafedrasi tashabbusi bilan 2025-yilning 17-mart kuni “O‘q otish tayyorgarligi fanini o‘qitish metodikasi: muammolar, yechimi, xorijiy tajribani o‘rganish”  mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Bugungi kunda harbiy tayyorgarlik, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘q otish mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy tahdidlar, jangovar harakatlarning o‘zgaruvchan tabiati hamda texnologik rivojlanish natijasida o‘q otish bo‘yicha ta’lim jarayonini takomillashtirish zarurati tug‘ilmoqda. Shu maqsadda ushbu fan bo‘yicha o‘qitish metodikasida uchraydigan muammolar, jumladan, amaliy mashg‘ulotlar uchun yetarli sharoitlarning mavjud emasligi, psixologik tayyorgarlikning yetarli darajada o‘rganilmagani, xavfsizlik qoidalarining to‘liq bajarilmasligi jiddiy muhokamaga muhtoj. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun xorijiy tajribani o‘rganish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish masalalari muxokama qilindi. Konferensiya doirasida ushbu muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni milliy tizimga moslashtirish hamda o‘qitish metodikasini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti mutaxassis vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida konferensiyada bayon etilgan, ilmiy-amaliy asoslantirilgan tavsiyalar va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida to‘plam chop etilishi hamda hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

122
Chop etish
Text to speech