Jamoat xavfsizligi universitetiga bo'sh lavozimlarga tanlov e'lon qilinadi:
1. Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi professori-to'liq stavka
2. Fuqaroviy - huquqiy fanlar kafedrasi professori-to'liq stavka
3. Tillarni o‘rganish kafedrasi dotsenti-to'liq stavka
4. Tillarni o‘rganish kafedrasi katta o‘qituvchisi-to'liq stavka
5. Tillarni o‘rganish kafedrasi o‘qituvchisi-to'liq stavka
6. Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi katta o‘qituvchisi-to'liq stavka
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar:
tegishli fan tarmogʻi doirasida ilmiy darajaga ega boʻlish;
zamonaviy oʻqitish usullari hamda pedagogik texnologiyalarni bilish va qoʻllay olish, shuningdek pedagogik tajriba hamda mahoratga egalik;
oʻzbek va rus tillarini mashgʻulot oʻta olish darajasida yaxshi bilish;
axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, interaktiv doska kabi qurilmalar va internet tarmogʻi)da kamida “foydalanuvchi” darajasida ishlay olish;
intizomlilik, mehnatsevarlik, faollik, vijdonlilik va ruhiy barqarorlik kabi xislatlarga ega boʻlish;
jismonan sogʻlomlik;
muqaddam sudlanmaganlik.
Xorijiy tillar boʻyicha nomzodlar, yuqoridagi talablardan tashqari, kamida S1 darajasidagi xorijiy til bilimini tasdiqlovchi xalqaro yoki respublika darajasida tan olingan IELTS, TOEFL, CEFR, DSD kabi standartlar boʻyicha sertifikat (diplom)lardan biriga ega boʻlishlari talab etiladi.
Tanlovda quyidagi nomzodlarga ustuvorlik beriladi:
ilmiy loyihalarda ishtirok etgan (ishtirok etayotgan);
Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqolalar chop ettirgan;
“Xirsh” (h) indeksiga ega;
xorijiy tillar boʻyicha xalqaro va respublika darajasida rasman tan olingan IELTS, TOEFL, CEFR, DSD kabi sertifikat (diplom)lardan biriga ega (kamida B2 darajasi).
Murojaat uchun telefon raqamlari:
+9989 (99) 019-75-37;
+998 (71) 230-32-71;