Toshkent viloyatini jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganish, ilmiy diagnoz qoʻyish va bartaraf etish yuzasidan Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishchi guruh oʻz ish faoliyatini olib bormoqda.
Avvalo, shuni alohida ta'kidlash joizki, ishchi guruh tomonidan manzilli chora-tadbirlar dasturi asosida Chirchiq shahrining “jinoyat oʻchoqlari” boʻlgan hudud va ob'ektlarni aniqlash, “Qizil” toifaga olingan mahallalarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatini oʻrganish, aholi xavfsizligiga ta'sir qilishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga keng tadbiq qilish maqsad qilingan.
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, kriminogen vaziyatni joylarga chiqqan holda, mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning va ularni qiynayotgan kundalik maishiy muammolari boʻyicha murojaatlari tinglandi. Chirchiq shahridagi mahallalarning aholi gavjum joylarida, oila-turmush doirasida jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash borasida uyma-uy yurib ishlar tashkillashtirilib, chora-tadbirlar koʻrilib kelinmoqda.
Qolaversa, mahallalarda probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar, ma'muriy nazorat ostida turgan, ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan va profilaktik hisobdagi hamda muqaddam sudlanganlar bilan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilmaslik va sud tomonidan tayinlangan taqiq va cheklovlarga amal qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ishchi guruh a'zolari tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi mahallalar, umumta'lim maktablari, Jismoniy tarbiya universiteti, Chirchiq shahar dehqon bozori hududi hamda istirohat bogʻlari atroflicha oʻrganilib, mavjud kamchiliklar boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, Post patrul xizmati va Yoʻl patrul xizmati xodimlari bilan birgalikda tungi navbatchilik faoliyatlari, yoʻl harakati hodisalarining sabablari, maqsadsiz tunda yurgan fuqarolar, tungi yoritkichlar hamda har bir qoidabuzarliklar aniqlovchi kamera va svetoforlar oʻrganildi.
Shuningdek, Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi boʻlgan Yuriy Dmitriyevga nogironlik aravachasi Ishchi guruh a'zolari, Mahalla raisi, ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori ishtirokida topshirildi.
Shuningdek, mahallada yolgʻiz deb e'tirof etilgan fuqarolar ham chetda qolmasdan, ularga bugungi kunda kompensatsiya puli tayinlangan va unga ijtimoiy assistent biriktirilgan.
Mahallada mavjud 15-umumta'lim maktabida ehtimoliy xavf-hatarlarni oldini olish maqsadida oʻrnatilgan favqulodda vaziyatlarda chaqiruv tugmasi bosib tekshirilganda, Milliy gvardiya Qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻz vaqtida etib kelganligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilyotganligining yaqqol isbotidir.