Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti oʼrtasida 2022 yil 13 oktyabr kuni imzolangan “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼrtasida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlarida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida”gi Memorandumga asosan “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” kafedrasi tashabbusi bilan Joriy yilning 21-avgust kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Yoʼl patrul xizmatining qoʼmondonlik-taktik faoliyati” yoʼnalishi 132-oʼquv guruhi kursantlari bilan Toshkent shahar IIBB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasida “Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati faoliyati” fanidan “Yoʼl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtirish va qaror chiqarish tartibi” mavzusida amaliy mashgʼulot tashkillashtirildi. Аmaliy mashgʼulot davomida kursantlar Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasining Maʼmuriy amaliyot boʼlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu boʼlimdagi ish tartibi, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish chogʼida eʼtiborga olish muhim boʼlgan tomonlari haqida oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bunday amaliy mashgʼulotlar kursantlarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʼunligini bogʼlashga hamda bevosita kelgusi xizmat faoliyatlarida ijobiy natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.