Актуальные проблемы методики преподавания русского языка” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amali…

Актуальные проблемы методики преподавания русского языка” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Ozbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni o‘rganish” kafedrasi tomonidan “Актуальные проблемы методики преподавания русского языка” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni o‘rganish” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-mart kuni “Актуальные проблемы методики преподавания русского языка” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaning maqsadi – rus tilini o‘qitish metodikasining dolzarb muammolarini tahlil qilish, hamda ushbu sohadagi olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bilan bog‘liq masalalar, nutq faoliyati turlarini o‘qitish metodikasi, rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning psixologik jihatlari, o‘qitishda lingvokulturologik yondashuvdan foydalanish va boshqa shu kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Mazkur konferensiyani Universitet boshlig‘i polkovnik M.X.Rustambayev ochib berdi. Shuningdek, II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida rus tilini o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi loyihalar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda bu yil 70 dan ortiq loyihalar ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi. Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Taqdirlash marosimida rag‘batlantirildi. G‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu konferensiyada Xalqaro rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari uyushmasi (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi), A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti (Moskva, Rossiya Federatsiyasi), Djavaharlalar Neru nomidagi Universiteti (Hindiston), Belorussiya davlat universiteti (Belorusiya), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zbekiston) vakillari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya davomida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari bilan mehmonlarning olqishlariga sazovor bo'lishdi. Shuningdek, ushbu konferensiyada 30 ta oliy ta’lim muasassalari (ulardan 17 ta xalqaro) o‘qituvchilari o‘z maqolalari bilan qatnashdilar. Konferensiya yakunida bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum imzolashga kelishildi va hamkorlik o‘rnatildi. Bu kabi tadbirlar talaba va kursantlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

1081
Chop etish
Text to speech