Joriy yilning 11-noyabr kuni Universitet Maxsus fakultet 1-bosqich talabalari ishtirokida poytaxtimizda joylashgan zamonaviy va boy ma'lumotlarga ega bo'lgan Alisher Navoiy Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad yosh talabalarimizni mazkur kutubxona tarixi bilan tanishtirish, ilm-fan yonalishida kerakli ma'lumotlardan foydalanish mumkinligi tushuntirildi. Kutubxona faoliyati bilan talabalar to'liq tanishtirildi hamda talabalar tomonidan qiziqish bildirilib, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.