O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, yuqorida keltirilgan muammolarni nazariy va amaliy tadqiq qilish, yo‘llarda piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va buning uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi muhim vazifalarni hal etishdan iborat. Shuningdek, mavjud muammolarni yechishda ilmiy va amaliy yondoshish hamda sohadagi mavjud muammolar bo‘yicha yechim va takliflar ishlab chiqishni kuchaytirish bo`ldi. Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, IIV Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Toshkent davlat transport universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, FVV Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi vakillari, bevosita o‘z ilmiy maqolalari va maruzalari bilan ishtirok etdilar.