“Ijtimoiy fikr” respublika markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

“Ijtimoiy fikr” respublika markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini о‘rganish Markazi о‘rtasida о‘zaro hamkorlik tо‘g‘risidagi memorandumni imzolashga bag‘ishlangan tadbir о‘tkazildi.   Unda Universitet rahbariyati, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, kursant-tinglovchilar ishtirok etishdi. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini о‘rganish Markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomidagi nodavlat va notijorat tashkilot hisoblanib, Markazning bosh maqsadi mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida jamoatchilik fikri dinamikasining asosiy tendensiyalarini aniqlash, о‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, tizimli monitoringini olib borish sanaladi. О‘tgan 26 yil mobaynida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini о‘rganish Markazi tomonidan sotsiologiya fanida mavjud turli xil usullar asosida 650dan ortiq majmuaviy tadqiqotlar о‘tkazilganligini alohida e’tirof etish zarur. Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son Qaroriga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangan. Universitetda faoliyat kо‘rsatayotgan kо‘p sonli olimlar jamoasi tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash yо‘nalishlarida keng miqyosdagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadbirda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha о‘rinbosari sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent V.S.Alekseyeva tomonidan qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.  “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini о‘rganish Markazi bilan tuzilgan hamkorlik tо‘g‘risidagi memorandum har ikki tomon faoliyati uchun yangi davrni boshlab beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

188
Chop etish
Text to speech