Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʼilishidagi nutqi hamda Oʼzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigida ilgari surilgan masalalar yuzasidan joriy yilning 4 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida shaxsiy tarkib oʼrtasida targʼibot-tashviqot tadbiri oʼtkazildi. Tadbirda mutaxassis professor-oʼqituvchilar tomonidan “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” va “2024 yil – Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili. Yoshlarga oid davlat siyosati” mavzularida maʼruzalar ilgari surildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzuga doir oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.