“Jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari” mavzusida…

“Jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy kon…

Mustaqillik yillarida respublikada jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishildi. Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyati shakli va uslublarini butunlay yangicha yondashuvda tashkil etilishi tufayli samarali mexanizm yaratildi.

Jumladan, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va zamon talablari, jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 16-oktyabr kuni universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

Mazkur anjuman respublikamizda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, sohada mavjud muammolarni izchil va tizimli hal etishga hamda Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bilan bog‘liq navbatdagi masalalarni ilmiy-amaliy o‘rganishni maqsad qilingan.

Konferensiyada jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida nufuzli va tajribali xorijiy mutaxassislar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolarini tadqiq etgan hamda mazkur sohani takomillashishiga katta hissa qoʻshgan milliy olimlar oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyada so‘ngi yillarda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar hamda amaliyotda ko‘rilayotgan tashkiliy chora-tadbir natijasi o‘laroq, tergov faoliyatida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etishni tashkil etish tergov organlarining faoliyatini Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga tayanib, jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida takomillashtirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida inson huquqlarini ta’minlanishi, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Turkiya, Qozogʻiston, Yaponiya kabi qator xorijiy davlatlar jinoyatchilikka qarshi kurashishning xususiyatlari: huquqiy va tashkiliy choralari, XXI asrda kriminologiyaning rivojlanishi: dolzarbligi, holati va istiqbollari, shaxs huquqlarini himoya qilishning jinoiy-huquqiy vositalarini optimallashtirish, jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida kriminologiya fanining dolzarb vazifalari va boshqa bir qator masalalar muhokama etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 11 sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston – 2030 Strategiyasi”da belgilangan “Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish” maqsadlari jinoiy-huquqiy fanlar kompleksi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun dasturulamal sifatida qabul qilinishi zarurligi haqida xulosaga keldilar.

771
Chop etish
Text to speech