Abiturientlarga eslatma
Universitetga hujjat rasmiylashtirish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) mudofaa ishlari bo'yicha bo'limlar orqali:
- "Maxsus vazifalarni bajarish qo'shinlarining qo'mondonlik-taktik faoliyati";
- "Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta'minlash";
- "Xavfsizlikni huquqiy ta'minlash";
- "Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta'minlash";
- "Iqtisodiy xavfsizlik";
- "Aniqlash va qo'riqlash tizimlardan foydalanish bo'yicha qo'mondon lik- muhandislik faoliyati";
- "Qo'riqlash bo'linmalarining qo'mondonlik-taktik faoliyati".
b) Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari orqali:
- "Yol'-patrul xizmatining qo'mondonlik-taktik faoliyati";
- "Patrul-post xizmatining qo'mondonlik-taktik faoliyati";
- "Pasport tizimini huquqiy ta'minlash".
QABUL QILISH TARTIBI
Universitetga o'qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) har yili 1 fevraldan 20 martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abiturientlar taqdim etadigan hujjatlar:
- ariza (bildirgi);
- chaqiriluvchining qayd etilganligi to'g'risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi;
- tarjimai hol;
- anketa;
- o'qish, ish yoki xizmatni o'tash joyidan tavsifnoma hamda ma'lumotnoma;
- 3 x 4 sm o'lchamdagi 6 ta fotosurat hamda 4,5 x 6 sm o'lchamdagi 4 ta fotosurat;
- ota-onasining Universitetga o'qishga kirishiga rozilik xati;
- Universitetga o'qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
- "Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta'minlash" ta'lim yo'nalishiga o'qishga kirishni xohlagan nomzodlar chet tilini bilish darajasi bo'yicha tegishli sertifikat bo'yicha tanlovda ishtirok etadilar;
- ma'lumoti to'g'risidagi hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
- Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat shaxsan ko'rsatiladi.
QABUL QILISH BOSQICHLARI
Universitetga nomzodlarni saralab olish va o'qishga qabul qilish tartibi O'zbek ist on Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 6 avgustdagi 500-son qaroriga muvofiq belgilangan.
Universitetga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1 - bosqich. Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o'tkaziladi:
- hujjatlarni to'plash va o'rganish;
- yakka tartibda suhbatlashish;
- tibbiy ko'rikdan o'tkazish;
- individual-psixologik o'rganish;
- umumjismoniy tayyorgarlik darajasini
2 - bosqich. Dastlabki saralab olishdan muvaffaqiyatli o'tgan abiturientlar bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o'tkaziladi.