Joriy yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Konstitutsiya – demokratik taraqqiyotning huquqiy asosi: tarixiylik va uzviylik” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida Ijtimoiy–gumanitar fanlar kafedrasi katta о‘qituvchisi kapitan Haydarov Alisher Usmon о‘g‘li “Konstitutsiya–mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning siyosiy-huquqiy poydevori” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. A.Haydarov o‘z ma’ruzasida jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda Asosiy Qomusimizning o‘rni va roli xususida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.